
"An-Nasr" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi, Ronaldu o‘zining 2023 yildagi 54-golini urdi
Saudiya Arabistoni chempionati 19-turidan o‘rin olgan "At-Ta’vun" - "An-Nasr" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.
Riyodliklar safida Brozovich, Lyaprot, Otavio hamda Ronaldu gol kiritdi.
46 ochko to‘plagan "An-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar