
Amorim: Futbolchilarimiz bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rishlari kerak
Ruben Amorim "Liverpul" bilan o‘yinda "Manchester Yunayted" futbolchilarining fidoyiliklarini e’tirof etdi.
APL 20-turidan o‘rin olgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
"Futbolchilarimiz bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rishlari kerak. Kimdadir qobiliyat bo‘lsa, ammo harakter bo‘lmasa, bunga qarshi kurashishimiz lozim.
Biz diqqatimizni jamlaganimizda va har bir to‘p uchun kurashishni boshlaganimizda yaxshiroqmiz. Agar bu ishni doimiy ravishda qilmasak, mag‘lub bo‘lamiz. Biz o‘yinni yaxshi nazorat qildik. Bu juda muhim edi", - dedi qizil iblislar ustozi.
Fikrlar