Amorim "Biz yuqori darajada o‘ynamayapmiz"

  • 24 yanvar, 17:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasining 7 -tur doirasida "Manchester Yunayted" o‘z uyida "Reynjers"ni 2:1 hisobida taslim qildi. Uchrashuvdan so‘ng "qizil iblislar" bosh murabbiyi o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.                                            

Tecno

"Noto‘g‘ri qarorlar tufayli bahsning so‘nggi etti daqiqasida o‘yin nazoratini qo‘ldan chiqardik. "Reynjers"ning javob goliga qadar, biz ikkinchi golga yaqin keldik va ammo qulay imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik. Biroq, qayta oyoqqa turib, g‘alaba qozonishni uddaladik.

Biz yuqori darajada o‘ynay olmayapmiz, lekin oxirgi o‘yinlarda biroz bo‘lsa-da yaxshilandik. Raqibning o‘yin uslubi, tezligi boshqacha. Ular juda yaxshi harakat qilishdi. Chiziqlar o‘rtasidagi bog‘lamlarni mashg‘ulotlar davomida kuchaytirishimiz kerak.

Biz ko‘proq daqiqalarda to‘p bilan ishlashimiz zarur. Bu bizga ko‘proq yordam berishi aniq. Jadvalga qarasangiz, 2 haftada bir o‘yin, bu esa albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun kuchli sakkizlikda qolishimiz muhim.

Transferlar oynasida nima bo‘lishini bilmayman. Keling, o‘yinlarga ko‘proq e’tibor qarataylik, bizda ajoyib o‘yinchilar bor. Jamoadagi futbolchilarni yaxshilashga va ular haqida o‘ylaganim yaxshi" - dedi portugaliyalik mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!