A’loxon Abdullaev serbiyalik bokschini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

  • 9 may, 2023, 20:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Tecno

-75 kg vazn toifasida A’loxon Abdullaev serbiyalik Memik Almirga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang  20:15dan so‘ng boshlanadi.

Bokschilari ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qiladi.

Ilk raundda A’loxonning qo‘li baland keldi - 4:1.

Ikkinchi raundda hakamlar bir ovozdan Abdullaevning ustunligini qayd etishdi - 5:0.

Uchinchi raundda A’loxon raqibiga yutqazdi - 2:3. Yakuniy hisob esa 4:0 A’loxon Abdullaev chorak finalda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!