
Alonso yangi mavsum Bundesligadagi favorit klub nomini aytdi
Xabi Alonso "Bayer"ni chempionlikka da’vogar deb hisoblamaydi.
Ispaniyalik mutaxassis ekspertlarning Leverkuzen klubi joriy mavsum chempionlik favoriti degan savolga javob berdi.
- Mutaxassislarning fikri men uchun muhim emas. Biz favorit emasmiz. Favorit hali ham "Bavariya". Barchamiz mavsumni yaxshi boshlashni istaymiz. Vazifamiz - yaxshi kayfiyat, yaxshi g‘oyalar va yaxshi fikrlash. Maqsadimiz kuchli to‘rtlikda qolish, - dedi "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "Bayer" o‘z tarixda ilk bor Germaniya chempioni bo‘ldi.
Fikrlar