
Alisher Usmonov Evropa ligasida ishtirok etadigan rus klubiga salkam 10 mln dollar hadya qildi
Tulaning "Arsenal" klubi rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovdan katta moliyaviy ko‘mak oldi.
Baza telegram-kanali tarqatgan xabarga ko‘ra asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder “Arsenal”ga 600 million rubl (9,5 mln dollar) hadya qilgan. Ushbu xabarni xatto Usmonovning vakillari ham tasdiqlashdi.
Ma’lumotlarga qaraganda tulaliklar rahbariyati jamoaning Evropa ligasida ishtirok etishi bois Usmonovga moliyaviy ko‘mak so‘rab murojaat qilishgan.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” o‘tgan mavsum Rossiya premer-ligasida 6-o‘rinni egalladi. Endi ular UEFA Evropa ligasining 2-saralash bosqichidan kurashga qo‘shilishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Alisher Usmonov Moskvaning TsSKA klubiga "Everton" futbolchisini olib kelishda ham ko‘mak bergani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar