Alisher Azizov, Akrom Bahritdinov va yana bir qator futbolchilar "Rubin"da!

  • 26 mart, 2021, 22:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birinchi liga vakili – “Rubin” jamoasi ham mavsumga tayyorgarligini davom ettiryapti. Yavar Najafaliev boshchiligidagi jamoaga bir qator o‘yinchilar taklif qilindi va ularning orasida siz yaxshi taniydigan futbolchilar ham bor.

Tecno

Jumladan, “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi, bungacha Qirg‘iziston, Ummon, Bangladesh chempionatlarida to‘p surgan hujumchi Alisher Azizov “Rubin”ga qo‘shildi. Bu haqida futbolchining o‘zi sports.uzga xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy mavsumni mazkur jamoada o‘tkazadi.

Qolaversa, Superliganing bir qator klublarida o‘ynagan Akrom Bahritdinov ham “Rubin”ga qo‘shildi. Uning oxirgi jamoasi “Navbahor” edi. Bulardan tashqari,  Sherzod Jalilov, Obid Hakimov hamda darvozabon Asilbek Omonov ham “Rubin” sharafini himoya qiladilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!