Aleksandr Xomyakov irodali g‘alabadan so‘ng: "Hayajon tufayli nimadir deyish mushkul"

  • 21 noyabr, 2021, 21:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Mash’al” klubi o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qilib 2:1 xisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Superligada qolish uchun kurashayotgan muborakliklar uchun qo‘lga kiritilgan uch ochko suv va havodek zarur edi va mezbonlar buni uddaladi.

Ushbu o‘yindan keyin “Mash’al” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bunday bellashuvdan keyin his tuyg‘ular va ehtiroslar hali bosilib ulgurmagan bo‘ladi. Hozir men aynan mana shunday holatdaman. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz chiqmadi, qo‘shimchasiga darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Ammo uchrashuvning ikkinchi yarmida yigitlar bor kuchlarini ishga solib irodali yutuqni ta’minlash bilan birga elitada qolish uchun qulay imkoniyatni yuzaga keltira oldilar. Kurashlarga boy va shiddatli bellashuvdan keyin bu masalada hayajon tufayli nimadir deyish mushkul. Muhimi, yigitlar ikkita gol kiritib, o‘yin taqdirini o‘zgartirishdi. Iroda kuchlarini namoyish etganlari uchun yigitlardan minnatdorman va ularga rahmat aytmoqchiman. Ta’bir joiz bo‘lsa, futbolchilarimiz bugun kichik bir qahramonlik ko‘rsatishdi.

- Chika uzoq vaqt zaxirada qolib ketdi. Bugun maydonga tushib ikkita gol urdi. U nima sababdan zaxira qolib ketayotgandi?

- Chikada kichik muammolar bor edi. Shu boisdan uni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirmadik. Qolaversa, o‘yin uchun tanlagan rejamizda “Qizilqum”ning bellashuv oxiriga borib charchab qolishi kiritilgandi. Chikaga oldingi formangga kirib olishing uchun tayyorgarlik ko‘rishing kerak. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilishga shay tur, degan ko‘rsatmani bergandik. Ko‘rib turganingizdek, Chika maydonga tushganidan so‘ng yanada o‘sdi. O‘z navbatida himoyani to‘rt futbolchi bilan kuchaytirganimiz pirovardida kutilgan natijani ta’minlay oldi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!