Aleksandr Stoymirovich: "O‘z maydonimizda mag‘lub bo‘lish juda og‘ir"

  • 14 may, 2024, 23:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 7-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv "Lokomotiv" - OKMK bahsi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda hisob ochilishini 84 daqiqada kutishga to‘g‘ri keldi. Qosimov mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, G‘iyosov farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shu tariqa, olmaliqliklar turnir jadvalida 4, "Lokomotiv" esa 10-o‘ringa joylashdi. Uchrashuvdan so‘ng Aleksandr Stoymirovich matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Tecno

"O‘z maydonimizda mag‘lub bo‘lish juda og‘ir. Ustiga-ustak men ushbu jamoalarda ishlaganman. O‘z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik, omadimiz kelmadi, huddi "Navbahor"ga qarshi o‘yindagi kabi. O‘shanda darvozamizga bo‘lgan dastlabki ikkita zarba gol bo‘lgandi. Juda og‘ir. Yigitlarning o‘yinga bo‘lgan munosabati o‘zgargani yo‘q. Harakat qilishdi, vaziyatlar yaratishdi, o‘yinda uzoq vaqt davomida barchasini nazorat qilib turishdi.

OKMK - so‘nggi yillarda birgalikda o‘ynab kelayotgan juda yaxshi jamoa. Oxirgi ikki yilda ular OChLda o‘ynashdi. Ilk turlardan beri aytyapman, quyi ligadan chiqib kelingandan keyingi birinchi yil juda qiyin o‘tadi. Hozircha bizda ayrim joylarda tajriba, ba’zi paytlarda esa sifat etishmayapti. Yaxshi holatlar ham bor: bugun biz o‘zimiz uchun ikki yosh futbolchini kashf qildik. Abdulloh Yo‘ldoshev va Sherzod Komilov bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, ular kelajakda "Lokomotiv"da asosiy tarkibda o‘ynashiga ishonaman. Bizning maqsadimiz shunday: yoshlarni kashf qilish va ularga imkoniyat berish. Laziz Mirzaevga ham hali ko‘p imkoniyat beriladi.

Etti tur o‘tdi va selektsiya borasida ayrim hulosalarga keldik. O‘yin bobida nima deyish mumkin, OKMKni yaxshi o‘rganib chiqqandik va shunga yarasha tayyorlangandik, yomon o‘ynadik deb hisoblamayman. Shunchaki urilishi kerak bo‘lgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ha, ko‘p vaziyat yaratmadik, ammo biz birinchi bo‘lib vaziyat yaratishni boshladik. Hechqisi yo‘q, oldinga harakatlanishda davom etamiz. Navbatdagi uchrashuv "Bunyodkor" bilan. Ertadan keyin bu bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz va doimgi kayfiyatda o‘ynaymiz", - dedi Stoymirovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!