Alamzadalar yoxud O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalarining so‘nggi o‘yinlardagi natijalari qanday?

  • 16 noyabr, 2022, 02:10
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, ertaga Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shu bois, mazkur ikki jamoaning so‘nggi o‘yinlardagi natijalarini keltirib o‘tamiz.

Tecno

O‘zbekiston terma jamoasining so‘nggi o‘yinini sentyabr oyida Janubiy Koreyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davomida Kosta-Rikaga qarshi o‘tkazgan va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu bahsda butun o‘yin davomida O‘zbekiston terma jamoasi hisobda oldinda bo‘lgandi. Ammo  92 ​​va 94 daqiqalarda raqib "oq bo‘rilar" darvozasiga ikkita gol urib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Vakillarimiz 2022 yil davomida o‘tkazgan etti uchrashuvning oltitasida g‘alabaga erishdi. Jamoamiz bu bahslar davomida raqib darvozasiga 19 ta gol urgan bo‘lsa, atigi 5 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

kos

O‘zbekiston terma jamoasining so‘nggi 7 uchrashuvdagi natijalari:

O‘zbekiston - Qirg‘iziston 3:1
O‘zbekiston - Uganda 4:2
O‘zbekiston - Shri-Lanka 3:0
O‘zbekiston Maldiv 4:0
O‘zbekiston - Tailand 2:0
O‘zbekiston - Kamerun 2:0
O‘zbekiston - Kosta-Rika 1:2

Qozog‘iston terma jamoasi oxirgi o‘tkazgan o‘yinida raqib darvozasiga birorta ham zarba bermay, Ozarbayjonga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:3).

Qozog‘iston terma jamoasi 2022 yilda o‘tkazgan sakkiz uchrashuvda 5 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. Qozog‘iston terma jamoasi safarda o‘tkazgan so‘nggi 5 uchrashuvning 2 tasida imkoniyatni boy berdi. Ular ushbu o‘tkazilgan bellashuvlar davomida o‘z darvozasidan 8 ta to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, 10 marta raqib darvozabonlarini xafa qilgan. 

Qozog‘iston terma jamoasining so‘nggi 8 uchrashuvdagi natijalari:

Moldova - Qozog‘iston 1:2
Qozog‘iston - Moldova 0:1 (umumiy hisob 2:2, penaltilar seriyasi Qozog‘iston g‘alabasi)
Qozog‘iston - Ozarbayjon 2:0
Slovakiya - Qozog‘iston 0:1
Belarus - Qozog‘iston 1:1
Qozog‘iston - Slovakiya 2:1
Qozog‘iston - Belarus 2:1
Ozarbayjon - Qozog‘iston 3:0

Shu tariqda har ikki jamoa ham so‘nggi bellashuvlarda raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Garchi o‘rtoqlik o‘yini maqomida bo‘lsa-da, endigi bahsda ular faqat g‘alaba uchun o‘ynashi tabiiy. Shu bois, Toshkentdagi bahs qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q. Eslatib o‘tamiz, uchrashuv bugun 18:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!