
"Al Ittihod" ustozi: Tarkibimizda yo‘qotishlar bor
Bugun mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda saudiyaliklar ustozi Xose Luis Serra bo‘lajak bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ertangi o‘yin biz uchun juda ham muhim va yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. Biz hujumkor jamoamiz va shu bois himoyada bir qator bo‘shliqlar yuzaga keladi. Ertaga esa bunday bo‘lmaydi degan umiddaman. Har bir jamoada bo‘lgani kabi tarkibda muammolar bor. Tarkibimizdagi qaysi futbolchi tayyor bo‘lsa, ertaga ularni maydonga tushiramiz.
Ertaga yomg‘ir yog‘adimi yoki yo‘q, hakamlarning xatosi bo‘ladimi, biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratamiz. Qolgan narsalar ikkinchi darajali.
Bizda 8 nafar legioner bor. OChL reglamenti bo‘yicha esa 4 nafar xorijlik futbolchiga ruhsat berilgan. Umuman olganda, tarkibda nechta futbolchi bor ekanligida emas, kimlarning o‘ynashidadir.
Muxlislar? Biz mehmonda o‘ynaymiz, ertaga tashrif buyuradigan muxlislar mezbon jamoaga muxlislik qilishadi va biz xuddi bo‘sh stadionda o‘ynayotgandek munosabatda bo‘lamiz", - deb Seraning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzod Xolboev.
Fikrlar