"Al-Hilol" portugaliyalik yulduz uchun kurashga qo‘shildi

  • 7 avgust, 2023, 04:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Al-Hilol" yulduzlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishdan to‘xtamayapti. Saudiya klubining keyingi nishoni bu Joau Feliksdir. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, "Al-Hilol" portugaliyalik vingerni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. "Matraschilar" bilan muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. 23 yoshli futbolchi rad javobini bermadi. Agarda unga Evropadan taklif kelmasa, Feliks Saudiyaga yo‘l olishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Joauga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda. Uning o‘zi Kataloniya klubiga o‘tishni istaydi. Ammo bu transferni amalga oshirish Ispaniya grandi uchun qiyinlik qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!