Aka-uka Azarlarning agenti o‘zgardi
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar yangi agent bilan hamkorlikni boshladi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bundan buyon 28 yoshli belgiyalik futbolchiga uning otasi Terri Azar agentlik qiladi. Bundan tashqari u shuningdek “Borussiya” Myunxengladbaxda to‘p surayotgan o‘g‘li Torgan Azarga ham xizmat ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda Eden Azarning “Real”ga o‘tishi borasida turli mish-mishlar keng tarqaldi.



Fikrlar