Aguerodan umidingizni uzing

  • 24 may, 2020, 22:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” va “Real” kabi Evropaning ayrim grand jamoalari hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida argentinalik super to‘purar Serxio Agueroni qo‘lga kiritishga harakat qilayotgan edi.

Tecno

Futbolchining agenti Ernan Reguera bu borada yakuniy qarorni e’lon qildi.

Agueroning shartnomasi 2021 yilning yozigacha mo‘ljallangan. U ana shu vaqt kelmaguncha hech qayoqqa ketolmaydi. Keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Aguero “Manchester Siti”da baxtli va uning klubni o‘zgartirishiga hojat yo‘q, - dedi Ernan Reguera.

Aguero manchesterliklar tarkibida 2011 yildan buyon to‘p surmoqda. Mohir hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi.

Messi — to‘purarlar qiroli. Mbappe uni taxtdan ag‘darmoqchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!