
Aguero: "Inter Mayami" APLda chempion bo‘la oladi, chunki...
Argentina terma jamoasi va "Barselona" klubi sobiq futbolchisi Serxio Kun Ageero "Inter Mayami" Premer ligada o‘ynash taklifini berdi.
"O‘ylaymanki, klub APLda chempion bo‘la oladi. Chunki jamoa tarkibida Messi bor va Premer ligada g‘alaba qozonish imkoniyati ham katta", - dedi Aguero.
Eslatib o‘tamiz, Serxio Aguero va Leonel Messi yaqin do‘st hamda ular Argentina terma jamoasida uzoq yillar davomida birga to‘p tepgan. Shuningdek, u "Barselona"da ham qisqa vaqt faoliyat olib bordi. Shundan so‘ng u yuragidagi muammolar sabab, futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgandi.
Fikrlar