
AGMK Fellayni to‘p suradigan jamoaga qarshi o‘ynaydi
Xabaringiz bor, Olmaliqning AGMK jamoasi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni BAAning Dubay shahrida olib bormoqda. BAA safari davomida jamoa bir qator nazorat uchrashuvlarini o‘tkazib kelmoqda.
Bundan bir necha kun ilgari Xitoyning "Tsindao Huanxay" klubiga qarshi nazorat bahsi olib borgan AGMK ertaga mazkur yig‘in doirasida o‘zining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib Xitoyning boshqa bir jamoasi - "Shandun Lunen" bo‘ladi.
Qayd etish joiz, "Shandun Lunen" safida belgiyalik mashhur futbolchi Maruan Fellayni faoliyat olib boradi.
Fikrlar