
Agent Levandovski kelasi mavsumni qaerda boshlashini aytdi
Taniqli futbol agenti Pini Zaxavi “Barselona”ning asosiy to‘purari Robert Levandovskining kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.
- Robert kelasi mavsum ham “Barselona”da qoladi. Bu 100 foiz hal bo‘lgan masala. Levandovski bu klubda baxtiyor. Hujumchining klub bilan shartnomasi bor va u kelishuvni oxirigacha o‘taydi. Saudiya Arabistonidan bizga hech qanday taklif tushgani yo‘q, - dedi futbolchining agenti Pini Zaxavi.
36 yoshli polshalik to‘purar 2022 yilning yozidan beri “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.
Levandovski joriy mavsumda 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 34 ta gol yozdirib qo‘ydi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar