
Agar "Lion" EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, Fekir jamoadan ketadi
"Lion" klubi yarim himoyachisi Nabil Fekir mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar "Lion" Chempionlar ligasining guruh bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, u holda 25 yoshli frantsiyalik futbolchi boshqa jamoaga o‘tib ketadi. Unga esa "Liverpul" klubidan jiddiy qiziqishlar bor.
Ma’lumot uchun, “Lion” ayni damda Frantsi chempionatida 66 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar