Afrika Millatlar kubogi. Manening qo‘shimcha daqiqalardagi goli Senegalga g‘alaba keltirdi

  • 10 yanvar, 2022, 20:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afrika Millatlar kubogi dastlabki turidan o‘rin olgan Senegal va Zimbabve terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

O‘yin taqdirini hal etgan yagona gol 90+7-daqiqada senegalliklar etakchisi Sadio Mane tomonidan kiritildi. "Liverpul" yulduzi 11 metrlik nuqtadan zarba berishda adashmadi.

Shu tariqa, Senegal "B" kvarteti peshqadamligini qo‘lga oldi. Guruhda Gvineya va Malavi terma jamoalari ham o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!