
Achinarli! "Barselona"ning yosh iqtidori uzoq muddatga safdan chiqdi
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Bernal kecha bo‘lib o‘tgan "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda jarohat oldi.
Tibbiy xulosaga ko‘ra, 17 yoshli futbolchining chap tizzasi xochsimon bog‘lami uzilgan va leteral meniskning cho‘zilishi aniqlangan.
Hozircha futbolchining qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum emas, ammo mazkur jarohat turi ancha jiddiy hisoblanadi. Odatda futbolchilar bunday jarohat orqali to‘liq mavsum va undan ko‘proq muddatga safdan chiqadi.
Qayd etish lozim, Bernal joriy mavsum La Liga doirasida ilk 3 ta uchrashuvning barchasida maydonga tushgandi.
Fikrlar