
Abramov terma jamoa yig‘iniga kutilmagan futbolchini chaqirdi (Foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun "JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichi bellashuvlariga tayyorgarlik rejasidan o‘rin olgan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi.
Milliy terma jamoamiz 8-18 fevral kunlari Dubay shahrida mashg‘ulot olib boradi va yig‘in davomida uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi reja ostiga olingan.
Bosh murabbiy Vadim Abramov ushbu yig‘inga 25 nafar futbolchini jalb etdi.
E’tiborlisi, uzoq tanaffusdan so‘ng, "Nefteximik" futbolchisi Vagiz Galiulin yig‘inga chaqirildi.
Fikrlar