Abdurasul Ismoilov ishtirokidagi jang ikki raund davom etdi

  • 19 yanvar, 2020, 13:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hozirgina Janubiy Koreyada navbatdagi jangini o‘tkazgan -61 kg vazn toifasida faoliyat yuritadigan, iste’dodli professional bokschimiz Abdurasul Ismoilov (7-6-1-0-3KO) xitoylik Nuo Min bilan 6 raundlik reyting jangining ikkinchi raundida jang to‘xtatildi. Sababi, yurtdoshimizning ketma-ket aniq zarbalaridan so‘ng, xitoylik bokschi muvozanatdan chiqib, nokdaun holatiga tushdi va qaytib o‘zini tiklay olmadi. Shuning uchun, Nuo Minning murabbiylari ringga oq sochiq uloqtirishdi. Shunday qilib, Ismoilov navbatdagi g‘alabasida raqibini texnik nokautga uchratdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz: Ismoilov Janubiy Koreyaning Cocky Buffalo promousheni bilan hamkorlik qiladi. Ayni vaqtda Vetnamda Bobur Najmiddinov qo‘l ostida janglarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!