
Abdujamol Isroilov "Andijon"ga qarshi o‘tadigan vodiy derbisidan oldin nimalar dedi?
Xabaringiz bor chempionatning birinchi davrasi yakunlangan bo‘lsada, jamoalar O‘zbekiston Liga kubogi guruh bosqich o‘yinlarini o‘tkazishmoqda.
7 iyul kuni musobaqaning guruh bosqich 3-turida “Navbahor” safarda “Andijon” mehmoni bo‘ladi. Ushbu vodiy derbisidan oldin “lochinlar” futbolchisi Abdujamol Isroilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Andijon” jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda “Navbahor”ga omad tilayman, vodiy derbisi juda qiziqarli o‘tishi aniq”, - deydi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Abdujamol Isroilov ayni damda jarohatidan davolanmoqda.
Ma’lumot uchun, "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvi 7 iyul kuni soat 19:00da boshlanadi.
Fikrlar