
A Seriyaning uch grandi MYu xavbekiga ko‘z tikishmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich yozda A Seriya klublarining biri safiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, 31 yoshli serbiyalikning agenti Italiya klublariga mijozining xizmatlarini taklif qilgan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Matich uchun yozgi transfer oynasi vaqtida "Yuventus", "Inter" va "Milan" da’vogarlik qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Matichning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi va u erkin agent sifatida klubni tark etishi mumkin.
Fikrlar