
A Seriyaning qoldirilgan 27-tur uchrashuvlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor o‘tgan hafta “Fiorentina” sardori Davide Astorining bevaqt o‘limi sabab A Seriyaning 27-tur uchrashuvlari noma’lum muddatga qoldirilgan edi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra musobaqa tashkilotchilari ushbu tur uchrashuvlarini 3-, 4-aprel sanalarida o‘tkazishni rejalashtirishgan. Aniqrog‘i, "Atalanta" - "Sampdoriya", "Jenoa" - "Kalyari" hamda "Udineze" - "Fiorentina" bahslari 3 aprelda bo‘lib o‘tsa, "Benevento" - "Verona", "Kevo" - "Sassuolo" va "Torino" - "Krotone" o‘yinari 4 aprelda o‘tkaziladi.
Biroq, “Inter” hamda “Milan” jamoalari o‘rtasidagi derbi qachon o‘tkazilishi hozircha ma’lum emas. Bu “rossonerilar”ning Evropa ligasidagi o‘z yurishini davom ettirayotgani bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
Fikrlar