A Seriyaning eng qimmat futbolchilari (top-10)

  • 11 noyabr, 2022, 22:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Transfermarkt" portali Italiya chempionatining eng qimmat futbolchilari yangilangan reytingini e’lon qildi. Kuchli o‘ntalikka joriy mavsumdan e’tiboran "Napoli"da to‘p tepayotgan Xvicha Kvaratsxeliya kirgani e’tiborga molik holat.

Tecno

21 yoshli gruziyalik futbolchi Sergey Milinkovich-Savich (“Latsio”), Milan Shkrinyar (“Inter”) va Federiko Keza (“Yuventus”) bilan reytingda beshinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, "Xvicha"ning narxi 60 million evroni tashkil qiladi. "Milan" hujumchisi Rafael Leau "Transfermarkt" reytingida 85 million bilan etakchilik qilmoqda.

To‘liq ro‘yxat bilan tanishing:

1. Rafael Leao ("Milan") — 85 millionov evro
2. Dushan Vlaxovich ("Yuventus") — 80
3. Lautaro Martines ("Inter") — 75
4. Viktor Osimxen ("Napoli") — 70
5-6. Nikolo Barella ("Inter") — 70
5-6. Xvicha Kvaratsxeliya ("Napoli") — 60
7-9. Sergey Milinkovich-Savich ("Latsio") — 60
7-9. Milan Shkrinyar ("Inter") — 60
7-9. Federiko Keza ("Yuventus") — 60
10. Teo Ernandes ("Milan") — 55

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!