
A Seriya. "Roma" kichik kambek amalga oshirdi
A Seriyaning 5-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Venetsiya" bahsida rimliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Dastlab, mehmonlar hisobni ochgan bo‘lsa, Kristante imkoniyatlarni tenglashtirdi. Shundan keyin zaxiradan maydonga tushgan Pizilli jamoasini oldinga olib chiqdi. Shomurodov esa to‘liq zaxirada o‘tirdi.
Shu tariqa, "Roma" turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum

Roma
- B. Cristante 75'
- N. Pisilli 83'
Tugadi
2
:
1
29.09.2024 18:00

Venezia
- Joel Pohjanpalo 44'
Fikrlar