
A Seriya. "Napoli" "Fiorentina"ni kichik hisobda taslim etdi
A Seriyaning 34-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Fiorentina" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda neapolliklar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.
Yagona gol mullifi - Osimxen. Hujumchi 74-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Napoli" ochkolari sonini 83 taga etkazib qo‘ydi. "Fiorentina" esa 46 ochko bilan 8-pog‘onadan joy oldi.
Fikrlar