
A Seriya klublari Yanuzay uchun kurashishmoqchi
Calciomercato nashriga ko‘ra, "Real Sosedad" xavbeki Adnan Yanuzay Italiya klublari qiziqish doirasiga kirdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli belgiyalik futbolchi uchun "Milan" va "Roma" klublari o‘zaro kurash olib borishadi.
Ammo Yanuzay transferi uchun faqat rimliklar rasmiy taklif bilan chiqdi. Joriy mavsumda futbolchi La Ligada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gollik uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar