
A Seriya. "Kalyari" "Milan"ga birinchi gol urib, yakunda imkoniyatni boy berdi. Shomurodov 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi
Italiya A Seriyasining 6-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Milan" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 1:3 hisobida zafar quchdi.
Milanliklar safida gollarni Okafor, Tomori va Loftus-Chik kiritdi. Maydon egalarining yagona goli Luvumbo nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Milan" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 15 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. "Kalyari" 2 ochko to‘plagan holda so‘nggi 20-o‘rinni band etgan.
Fikrlar