
A Seriya grandlari "Liverpul" himoyachisiga qiziqib qolishdi
"Liverpul" klubi himoyachisi Deyan Lovren yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda The Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun "Napoli", "Milan" va "Roma" klublari kurash boshlashgan.
Aytish lozimki, "rossonerilar" markaziy himoyani kuchaytirish uchun munosib nomzod qidirishmoqda. Neapolliklar va rimliklar esa Lovrenni yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan himoyachilari Kalidu Kulibali va Kostas Manolaslarga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda.
Ma’lumot uchun, Lovren joriy mavsum “Liverpul” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Uning transferi esa 20 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar