
A Seriya. Drammatik bahsda "Inter" so‘nggi soniyalarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi
A Seriya 11-turidan o‘rin olgan "Fiorentina" - "Inter" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"Neradzurrilar" tarkibida Martines dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Barella ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mxitaryanning 90+5-daqiqada kiritgan goli jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Inter" ochkolari sonini 21 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular A Seriya turnir jadvalida 7-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar