
A Pro-liga. "Istiqlol" yakkapeshqadamga aylandi
Mazkur turdan oldin bir yo‘la uch jamoaning ("Istiqlol", "Sho‘rtan" va "Mash’al") ochkolari teng kelib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga farg‘onaliklar 1-o‘rinda borayotgan edilar. Ushbu tur "Istiqlol" Samarqandda "Sherdor"ga qarshi bahs olib bordi va ikki bor hisobda ortda borishiga qaramay, 5:2 hisobidagi yirik, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"Sho‘rtan" Farg‘onada kutilmaganda "Neftchi"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan berdi.
"Mash’al" o‘z uyida xuddi "Xorazm" bilan 2:2 hisobidagi jangovar durang natija qayd etdi. "Oqtepa" esa "Iftixor" darvozasiga javobsiz 8 ta to‘p kiritishga erishdi.
Fikrlar