
Zidan Simeoneni yaxshi ko‘rishini aytdi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Fiorentina” hujumchisi Jovanni Simeone haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Napoli”ga qarshi o‘yinda u eng zo‘rlaridan biri bo‘ldi. Xuddi shunday gapni “Yuventus”ga qarshi o‘yinda ham aytishim mumkin. Men uni futbolchi sifatida rostdan xam yaxshi ko‘raman”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, kichik Simeone A Seriyaning o‘tgan turida “Napoli”ga (3:0) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda xet-trik qayd etgan edi.
Fikrlar