
"Yuventus"ga Argentinadan vunderkind keldi
"Boka Xuniors" tarkibida porlay boshlagan urugvaylik 19 yoshli yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur tez orada Turinda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
"Yuventus" iste’dodli yosh futbolchi uchun "Boka Xuniors"ga 9,4 million evro to‘laydigan bo‘ldi. Bundan tashqari turinliklar turli bonuslar ko‘rinishida qo‘shimcha xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Aslida Italiya va Argentina jamoalarining bu futbolchi bo‘yicha o‘zaro kelishuvi 2015 yili amalga oshgan. Rodrigo Bentankurning Turinga ko‘chib o‘tishi mashhur hujumchi Karlos Teves transferining bir qismi bo‘lgan.
Bentankur joriy mavsumda Argentina chempionatida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar