
"Yuventus" yozda Remzi va Pogbani sotib oladi
Turinning "Yuventus" klubi mavsum yakunlangach bir qator yirik xaridlarni amalga oshiradi.
Tuttosport tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” yozda “Arsenal”dan Aaron Remzini va “Manchester Yunayted”dan Pol Pogbani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Uelslik futbolchining shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u turinliklar safiga tekinga borib qo‘shiladi. Biroq, “Yuve” frantsiyalik futbolchi uchun yaxshigina mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Pogbaga etarli mablag‘ topish uchun esa turinliklar Miralem Pyanich va Sami Xediralarni sotishga tayyor.
Fikrlar