
“Yuventus” Janni ololmasa, PSJ yoki “Arsenal” futbolchisiga e’tiborini qaratadi
Turinning “Yuventus” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida “Liverpul” futbolchisi Emre Janni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib kelmoqda. Germaniyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanadi. U o‘zining yakuniy qarorini yaqin kunlarda e’lon qilishini aytib o‘tgan edi.
Agarda, “keksa sinora” Janni qo‘lga kirita olmasa, bor e`tiborini PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo yoki “Arsenal” a’zosi Aaron Remziga qaratadi.
Ma’lumot uchun, Remzi bu mavsum barcha turnirlarda 26 bahsda ishtirok etib, 10 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalgam oshirdi.
Rabo esa 45 bellashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritib yana 7 golga assistentlik qildi.
Fikrlar