
"Yuventus" Aleks Sandroni PSJga sotishi mumkin
Turinning “Yuventus” klubi o‘zining braziliyalik himoyachisi Aleks Sandroni PSJga sotib yuborishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli futbolchi allaqachon parijliklar bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lgan. Endi ikkala jamoa rahbariyati ushbu transfer yuzasidan muzokaralar o‘tkazib, bir qarorga kelsa bas.
Ta’kidlash kerakki, agar Aleks Sandro jamoani tark etsa, “Yuventus” uning o‘rniga “Real” himoyachisi Marseloni harid qiladi. Bundan avvalroq Krishtianu Ronalduni Turinga olib o‘tgan agent Jorje Mendesh Marseloning transferi bo‘yicha ham ishlarni boshlab yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar