Yosh atletlar kuchini ko‘rsatdi

CHERY AUTO

 

Tecno

Nukus olimpiya zaxiralari kollejida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston chempionati yakunlandi.

Musobaqada Beruniy tumani, Nukus va Taxiatosh shaharlaridan 100 dan ziyod sportchi 7 vazn toifasida o‘zaro bahslashdi.

Shtangani dast va siltab ko‘tarish bo‘yicha eng yaxshi natijani qo‘lga kiritgan nukuslik Zuhra Uzoqbergenova, Sayyora Qaypnazarova, Jaziyra Matmuratova, Bozorgul Reyimbergenova, Muyassar Jamoladdinova, Malika Madatboeva, Beruniy tumanidan Dina Tojiboeva o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.

O‘smir yigitlar o‘rtasida o‘z vazn toifasida boshqalarga imkoniyat qoldirmagan og‘ir atletikachilar taxiatoshlik Dalat O‘tebrev, Quvonch Boymuratov, O‘mirboy Mavlenov, Shahimardon Kemalov, nukuslik Aybergen Ayapbergenov, Bekzod Jamolov, Muhammaddin Muratboev, Nurabulla Abdullaev g‘oliblik shohsupasidan o‘rin oldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!