
Yaponlarga Inesta kerak emas
Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubi sport direktori Atsuxiro Miura jamoaning “Barselona” yarim himoyachisi Andres Inestaga qiziqish bildirayotganligi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Men hayronman. Men bu borada hech nima eshitmadim. To‘g‘risimi aytsam, bunday summa men uchun real narsa emas.
Agarda, Inesta haqiqatdan ham bizga kelsa, ajoyib bo‘lar edi. Biroq bu real voqelik emas”, – deb aytib o‘tdi sport direktor.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Inesta yozda yapon klubi safiga borib qo‘shilishi va jamoa bilan 3 yillik shartnoma imzolashi borasida xabarlar tarqalgan edi. Uning bu oradagi yillik maoshi esa 30 mln evroni tashkil etishi aytilgan edi.
Fikrlar