Yangi qon, yangi g‘oya – “Atletiko” yangi mavsumda qay ko‘rinish hosil qiladi?

  • 26 iyul, 2018, 16:25
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Atletiko Madrid” qaynoq yoz transferini boshidan kechirmoqda. Madridliklar nafaqat bir necha sifatli haridlarni amalga oshirdi, balki jamoa etakchisi – Antuan Grizmanni “Barselona”ning aqlni o‘g‘irlovchi taklifidan qutqarib qoldi. Bu bilan “Vanda Metropolitano” o‘zining kuchli tarkibini saqlab qolgandek go‘yo. Xo‘sh, Diego Simeonening yangi mavsumdagi jangovar tarkibi qay ko‘rinish hosil qiladi? Quyida shu haqda.

Albatta, “Barsa” va “Real” qudratli klublar, byudjeti ham qudratliroq. Shunga qaramay, “Atletiko” ikki grand klubga haqiqiy jang va raqobat taklif qilmoqda. Quyida biz Simeone shogirdlari harakat qilishi mumkin bo‘lgan uslublarni muhokama qilib ko‘ramiz.

1-variant: “O‘zgacha Simeone”

Simeone Madridda o‘ta maxsus 4-4-1-1 o‘yin tizimi bilan o‘z izini qoldirib bo‘ldi. Albatta, bu har doim ham o‘z mevasini beravermagan. Biroq bunday uslubda ular ozmi-ko‘pmi muvaffaqiyatga erishishmoqda. Bunda darvozani Yan Oblak hech kimga bermasligi aniq. Undan oldinda tajribali himoyachilar – Xose Ximenes, Diego Godin, Vrsalko va Lbka Ernandeslarni ko‘rishimiz mumkin. Faxriy qanot himoyachilari Filipe Luis va Xuanfranlar olabayroqni yoshlarga beraversa ham bo‘ladi. Yarim himoyada ham katta o‘zgarish kuzatilmaydi. Yangi transfer Rodri Buskets uslubida harakat qilib, klubdan ketgan Gabining o‘rnini bemalol bosa oladi. Unga Saul va Kokelar yordam berib jamoani oldinga boshlab boradi. Jamoa hujumga o‘tganida o‘ng qanot himoyachisi – yangi sifatli transfer Toma Lemar vingerga aylanadi. Lemar ham himoya, ham hujumni birday eplay oladigan kamyob futbolchilardan. Hujumda esa Grizmann Kosta ortida harakat qilishi kutilmoqda. Ular haqiqiy hujum juftligini tashkil qilishi mumkin. Grizmanning aqli va Kostani jismoniy kuchini birlashtirsak, raqib himoyachilariga oson bo‘lmasligi aniq.

2-variant: an’anaviy himoya

Diego Simeone kamyob murabbiylar sirasidan, boisi uning jamoasi deyarli himoyaviy uslubda harakat qiladi. “Atletiko” uslubi albatta Joze Mourino va Rafa Beniteslarning jamoasidek emas, sababi Simeone jamoasi raqibga kuchli bosim o‘tkazishni ham hadisini olgan.

Klub hisobda oldinga chiqib olganida, himoyaviy o‘yin ko‘rsatishga va hisobni ushlab qolishga moyil. Albatta kezi kelganda ushbu tanlangan strategiya tufayli klub tovon to‘lagan paytlari ham bo‘lgan. Biroq yangi mavsumda ular bunday tarkib bilan buni a’lo darajada uddalay olishi mumkin.

Bunday o‘yin sxemasida darvozabon va himoya chizig‘i o‘zgarishsiz qoladi. To‘rt kishilik yarim himoyadan ham orqaroqda Rodri tayan yarim himoyachi vazifasini egallaydi. Shu tariqa raqib hujumini zich holatda yopib qo‘yilishi mumkin. Hujumda esa o‘zining yaratuvchanligi evaziga raqibga tahdid sola oladigan Grizmann munosib variant hisoblanadi.

3-variant: Yangi qon, yangi g‘oya

“Atletiko”ning transfer siyosati diqqatga sazovor. Klub o‘z safiga yangi va yosh iqtidor egalarini to‘plamoqda. Bunday futbolchilar evaziga Simeone yangi g‘oya o‘ylab topa olmaydimi?

“Matroslar” himoya chizig‘i 32 yoshli Godin bilan birga iste’dodli himoyachilarga to‘la. Bunday sxemada himoya Himenes, Savich va Ernandeslar uchligidan iborat bo‘ladi. To‘rt kishilik yarim himoyachilar esa hujum uchligini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Himoyachi Vrsalko biroz oldinga chiqadi va o‘ng qanot himoyasidan joy oladi. Oldingi chiziqda esa klubning yangi a’zolari – Toma Lemar va Jelson Martinslar o‘rin egallaydi. Markaziy hujumchi vazifasida esa 23 yoshli Anxel Korreya o‘rin oladi.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ойбек Касимбеков
26/07/2018 17:13
Эээээйййй ахмоқлар суратда Атлетик Билбао клубининг эмблемаси, сизлар Атлетико Мадрид хақида гапиряпсилар.