
"Yang Boyz" ustozi: Ronalduning bizga qarshi o‘ynashini juda ham xohlagandik
"Yang Boyz" klubi bosh murabbiyi Xerardo Seoane bugun Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan "Yuventus"ga qarshi bahsda portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning ishtirok etishini juda ham xohlaganini bildirdi.
“Biz bugun Ronalduning o‘ynamasligidan biroz xafamiz. Uning bizga qarshi o‘ynashini juda ham xohlagandik. Lekin, Ronaldusiz ham “Yuventus”da hech qanday kamchilik yo‘q”, - deydi Seoane.
Ma’lumot uchun, Ronaldu EChLning ilk turida “Valensiya”ga qarshi bahsda hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilib maydondan chetlatilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Yang Boyz” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:55da boshlanadi.
Fikrlar