
Yan Oblak: Taqdirim o‘z qo‘limda emas
Madridning “Atletiko” klubi darvozaboni Yan Oblak o‘zining kelajagi borasida gapirib o‘tdi.
“Mening “Atletiko” bilan shartnomam bor va kelajakda nima bo‘lishini bilmayman. Bu menga bog‘liq emas.
Hozir bu erda baxtliman va mening ayni damdagi bor e’tiborim yakshanba kungi o‘yinda g‘alaba qozonib, chempionatni 2-o‘rinda yakunlashga qaratilgan”, - deydi sloveniyalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Atletiko” Oblakni o‘zida saqlab qolish uchun uning tovon pulini oshirmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar