
Yan Oblak 1007 daqiqadan buyon Madridda gol o‘tkazmayapti
Madridning “Atletiko” klubi darvozaboni Yan Oblak Evropa ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi kechgan javob o‘yinida (1:0) o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Shu tariqa, sloveniyalik posbonning “Vanda Metropolitano”dagi o‘yinlardagi quruq o‘yinlari seriyasi 1007 daqiqaga etdi. Bu Oblak o‘z maydonida o‘tgan salkam 11 bahsda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmaganligini bildiradi.
Bu vaqt davomida Oblak darvozasi tomon jami 21 bor aniq zarba yo‘llangan va bu o‘rtacha har o‘yinga 2 tadan zarbaga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar