Xuan Mata: Manchesterda qolmoqchiman, ammo...

  • 12 dekabr, 2018, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum yakunida shartnomasi nihoyasiga etadigan "Manchester Yunayted" xavbeki Xuan Mata o‘zining kelajakdagi faoliyati haqida bir qarorga keldi.

Tecno

Unga ko‘ra 30 yoshli ispaniyalik futbolchi “qizil iblislar” bilan shartnomani uzaytirib, yana "Old Trafford"da qolmoqchi.

“Men Manchesterda ham, Angliyada ham baxtliman. Bunday buyuk jamoada to‘p surayotganimdan xam xursandman. Shubhasiz, men shu erda qolishni xohlayman. Ammo hammasi menga bog‘liq emas. Voqealar rivoji qanday tus olishini ko‘ramiz”, - deydi Mata.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq  “Real” Madrid klubi jamoadan ketishi kutilayotgan Isko o‘rniga aynan MYudan Xuan Matani olib kelishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Mata mankuanliklar safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 202ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 43ta gol hamda 35ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!