
Xedira sog‘ayib ulgurmasidan yana jarohat oldi
Turinning "Yuventus" klubi xavbeki Sami Xedira xali to‘liq tuzalmasidan yana jarohat oldi. Bu haqda AFP nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 31 yoshli germaniyalik futbolchi mashg‘ulot paytida oyog‘ini qayrib olgan. O‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng uning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Xedira bundan avval jarohati sabab 1,5 oy maydonga tusha olmagan edi. U joriy mavsum A Seriyada jami 5ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 1ta gol urishga erishgan.
Fikrlar