Xayr Agneshka!

  • 15 noyabr, 2018, 09:00
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

“Men uchun og‘ir bo‘lsa-da, shuni ma’lum qilamanki o‘n uch yil davom etgan professional tennisdagi faoliyatim yakunladim. Bu qarorga kelish men uchun oson bo‘lmadi. Lekin bu hayot, bu taqdir. 

Tecno
Polshalik tennischi Agneshka Radvanska professional faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.

O‘n uch yil davom etgan faoliyatimda 20ta sovrinni qo‘lga kiritdim. Yakuniy turnirda g‘olib bo‘ldim, Uimbldon turniri finalida o‘ynadim.

Afsuski, endi avvalgidek yuqori saviyada mashg‘ulot o‘tkaza olmayman, turnirlarda ishtirok etolmayman. Inson organizmi hamisha birdek bo‘lib qolmaydi”, - dedi Radvanska.

Agneshka Radvanska professional tennisdagi ilk uchrashuvini 2005 yilda o‘tkazgan. O‘tgan davr mobaynida u 20ta turnirning yakkalik, 2ta musobaqaning juftlik bahslarida chempion bo‘ldi. Faoliyati davomida 27 mln 683,807 AQSh dollar ishlab topdi. Agneshka 594ta uchrashuvda g‘alabaga erishdi, 269 bahsda mag‘lub bo‘ldi. WTA reytingida 2-o‘ringacha kO‘tarildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!