
XXI asr "El klasiko"sining eng yaxshi futbolchilari. TOP-12
Futbol muxlislari jahonning eng kuchli jamoalaridan “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi har qanday uchrashuvni o‘zgacha qiziqish bilan tomosha qilishadi. Ayniqsa o‘tgan yillar davomida “El klsiko” deb atalmish to‘qnashuv qaysidir ma’noda Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi qarama-qarshilikka ham aylanib ketdi. Biroq bu mavsumdagi ilk to‘qnashuvni Messi jarohati sababli o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, Ronaldu ancha ilgariroq yozda “Yuventus”ga yo‘l olgan edi. Shu sabab muxlislar ushbu yulduzlarsiz “El klasiko”ni tomosha qilishdi va o‘zlariga yangi “qahramonlar”ni kashf etishdi.
Tarixga nazar solsak, Kasilyas tez-tez “Barselona”ga qarshi o‘yin o‘tkazar edi, ammo har doim ham qahramon bo‘larmidi? Iker gollar o‘tkazib yuborgan va yutqazgan vaqtlari ham kam emas va hattoki, eng muhim pallada xato qilgan vaziyatlari ham yo‘q emas. Alves va Marselo esa boshqa futbolchilarga qaraganda ko‘proq “eng dahshatli” “El klasiko”larda qatnashgan. Ammo ular esda qolarli vaziyatlarni kam amalga oshirgan.
Gap har doim faqat gollarda bo‘lmagan. Shunday ekan “El klasiko” tarixidagi eng yaxshilarni topishga urinib ko‘ramiz. Benzema “El klasiko”da 8 ta gol urgan, ammo ularning barchasi muhim va g‘alaba olib kelmagan. Kamdan kam hollarda Karimni qahramon deyish mumkin. Figu va Pike, Modrich va Kroos, hattoki Neymar XXI asrdagi “El klasiko” tarixiga kirishadi.
Biroq asosiy qahramonlar sifatida boshqa futbolchilarni tanladik. Garchi ba’zi hollarda ularni alohida ajratish juda qiyin bo‘lsa ham. Ammo siz aziz o‘quvchilar bu borada o‘z fikrlaringizni bildirgan holda bizga yordam berasiz degan umiddamiz.
12-o‘rin. Ronaldo
O‘tgan asrda braziliyalik futbolchi “Barselona”da ajoyib faoliyatini o‘tkazgan. Uning o‘zgacha tajribasi “El klasiko” ajralib turgan, faqatgina “Real” libosida. Unda Luish Figu singari tarix bo‘lmagan. Barselona va Madridda Ronaldo birdek sevilgan. Braziliyalik futbolchi La Ligada “Barselona”ga qarshi o‘tgan o‘yinlarda 4 gol kiritgan. Bu o‘yinlarning har birida “Real” ochko ishlagan – 2 g‘alaba va 2 durang. Hattoki, boshqa o‘yinlarda Ronaldo “qirollik klubi”ning Ispaniya chempioni bo‘lishida katta yordam bergan, biroq “Barselona” bilan bunday bo‘lmagan.
11-o‘rin. Samuel Eto'O
“Real”ga o‘tishdan bosh tortgan afrikalik futbolchi “Barselona” bilan doimo raqibga katta muammo tug‘dirgan. Ronaldo shuncha o‘yin va vaqt bo‘lmaganda “El klasiko”lar tarixiga kirmagan bo‘lardi. O‘z davrida shunday natija bilan Terri Anri ham ajralib turgan bo‘lardi. Biroq Eto'O to‘rtta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsada, ulardan uchtasida “Barselona” bilan ishonchli tarzda zafar quchgan va hattoki, ikkitasida yirik hisob qayd etilgan.
10-o‘rin. Luis Suares
Luis Suaresda “El klasiko”da 13 gol bor, ammo ispaniyalik futbolchi barcha gollarini XX asrda kiritgan. Urugvaylik Suares esa “El klasiko”ga yaqinda kelgan. U o‘tkazilgan 7 o‘yindan uchtasida o‘z jamoasining g‘alabasiga gollari munosib hissa qo‘shgan – 2:1, 0:4 va 0:3. “Santyago Bernabeu”da Suares “Real”ga ashaddiy raqib edi.
9-o‘rin. Serxio Ramos
Janjalkash, qo‘pol, qattiqqo‘l Ramos yangi asr “El klasiko”sining eng taniqli futbolchilaridan. Serxio Messi boshchiligidagi “Barselona”ga qarshi o‘yinlardagi to‘polonlarda tez-tez ko‘zga tashlanadi. Lionelda mag‘lubiyatdan ko‘ra, g‘alaba ko‘proq. Ko‘p hollarda Ramosning xatosidan unumli foydalanadi. Shunday bo‘lsada, ispaniyalik futbolchi “El klasiko”da to‘rt marta boshi bilan gol urgan. Garchi himoyachi bo‘lsada, natijasi juda yaxshi. Eng muhimi “Barselona”ga qarshi o‘ynashni yoqtiradi.
8-o‘rin. Karles Puyol
Hech kim u ketganidan keyin “El klasiko”da shu vaqtgacha ko‘p gol o‘tkazib yuborgan darvozabonlarni ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Hattoki, Kasilyas ham “Barselona” qarshi o‘yinlarda shuncha muvaffaqiyatli uchrashuvlarni yig‘a olmagan. Ammo Puyol “Barselona”ni qanotida va markazida o‘ynashni o‘zlashtirdi. Kuchli o‘ntalikka kirib, ko‘pchilik uchun ushbu qarama-qarshilikning “tirik afsonasi”ga aylandi. Nafaqat katalon klubi uchun, balki butun ispan futboli uchun hamdir. Adolatli va jangovar himoyachi “Real” ustidan qozonilgan yirik g‘alabalarda ishtirok etgan. Shu jumladan “Santyago Bernabeu”dagi tarixiy g‘alabada (2:6) Puyol gollardan biriga mualliflik qilgan.
7-o‘rin. Andres Inesta
Kasper laqabli ko‘zga tashlanmas, vazmin futbolchi “Barselona” maktabiga tushgandan keyin har doim “El klasiko” qahramoniga aylanmagan. 30 ga yaqin bahslarda Inesta gollar kam urgan bo‘lsada, golli uzatmalar bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. U “Real”ga qarshi o‘yinlarning barchasida o‘yin strukturasida muhim rol o‘ynagan.
6-o‘rin. Zinedin Zidan
Frantsiyalik futbolsi “El klasiko”da ham futbolchi va ham murabbiy sifatida zafar quchgan. Bu ajoyib natija. Bungacha ko‘plab “Barselona” yoki “Real”ni boshqargan taniqli murabbiylar ham ushbu natijani qayd eta olishmagan. Zinedin 20 ga yaqin “El klasiko”da qator ko‘zga ko‘ringan g‘alabalarni qayd etgan. “Real”ning boshqa ko‘plab yulduzlari faqatgina g‘alaba qozonmagan, “Barselona”dan mag‘lub ham bo‘lgan, ammo bu erda ushbu duel uchun “afsonaviy figura” muhim ahamiyatga ega.
5-o‘rin. Ronaldino
Ha, u “El klasiko” tarixida boshqalardan ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha ro‘yxatga kirmaydi. Ronaldino “Real” darvozasina Ugo Sanches, Samorano yoki Benzema “Barselona” darvozasiga kiritganchalik ko‘p gol urmagan. Ammo Ronaldino – ushbu qarama-qarshilikning ajoyib qahramoni. Ba’zan “Santyago Bernabeu”da raqibni juda qiyin ahvolga solib qo‘ya olgan. Ronaldino o‘z nomini “El klasiko”lar tarixida 4 o‘yinda ketma-ket 5 gol urib, ajoyib natija qayd etgan. Faqatgina Ronaldu 6 o‘yinda 7 gol kiritib, bu borada etakchiga aylangan.
4-. Raul Gonsales
Ushbu futbolchi Ispaniya chempionatlarida “Barselona”ga 11 ta gol urgan. Yana to‘rtta golgi turli turnirlarda kiritgan va “El klasiko”lar tarixiy ro‘yxatida to‘purarlik borasida uchinchi o‘rinni band etgan. Ushbu ro‘yxatimizda esa to‘rtinchi. Raul bilan “Real” har doim “Barselona”ni mag‘lub etmagan, biroq u bor vaqtlarda ko‘proq ustunlikka eag chiqqan. Hujumchi yangi asrla to‘rt marta La Ligani yutgan, aynan yangi asrda u “Barselona”ni 4:2 yoki 4:1 hisoblarida mag‘lub etgan o‘yinlarda gol urgan.
3-o‘rin. Xavi Ernandes
“Barselona” yangi o‘yin uslubining ajoyib ijrochisi. Ronaldinosiz u pressing qila olgan. Xavisiz “tiki-taka” tug‘ilmagan bo‘lardi. Hattoki, Inesta ham shuncha vaqt Ernandes va Gvardiola singari to‘pga egalik qila olmagan. Xaviga “El Klasiko”dagi rekordni yangilash uchun bitta o‘yin etmagan. Bu borada “Real” futbolchisi Manuel Sanches 43 o‘yin bilan etakchilik qiladi. Xavida 42 o‘yin. Biroq u “qaymoqranglilar”ga qarshi o‘yinlarda betakrorligi bilan ajralib turgan va ushbu ro‘yxatga kiritga to‘liq haqli. “Barselona”ning safarda 2:6 hisobida g‘alaba qozonishida uning 4 ta golli uzatmasi muhim rol o‘ynagan. Shunchaki, ajoyib!
2-o‘rin. Krishtianu Ronaldu
Xorijlik futbolchining XXI asrda “El klasiko” tarixining muhim bir qismi bo‘la olgani juda hayratlanarli. Ammo Ronaldu “Barselona”ga 18 ta gol urish uchun etarli darajada “Real”da o‘ynadi. Afsonaviy Di Stefano bilan qiyoslaganda Alfredo Primerada “Barselona”ga 14 gol urgan. Portugaliyalik futbolchida 9ta. Farqi Di Stefano 20 asrda erishgan. Bu erda esa Ronalduning “El klasiko”dagi qahramonligi haqida gap ketmoqda. Ronaldu “Real” “Barselona”ga qarshi 30 o‘yindan 14 tasida mag‘lub bo‘lgan. Yana 8 g‘alaba va 8 durang bor. Bu uning xizmati. Mag‘lub bo‘lgan o‘yinlarda ham gollar urgan, ammo tez-tez aynan Krishtianu “Real”ni qutqarib qolgan.
1-o‘rin. Lionel Messi
Barcha davrlarning rekordchisi. 38 o‘yinda 26 gol va 14 hammualliflik. “Real”ga qarshi o‘yinlarda 17 g‘alaba, 12 mag‘lubiyat va 9 durang. Manuel Sanchis, Xento va Xavi “El klasiko”da argentinalik futbolchidan ko‘ra ko‘proq o‘yin o‘tkazgan, ammo XXI asrda va ushbu qarama-qarshilikning butun tarixida “qirol” sifatida aynan Lionel e’tirof etiladi. Ronaldu ham ajoyib natijalar ko‘rsatgan, ammo gollar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda u. Biroq Lionel gollari soniga 30 tagacha etkazib olishi mumkin. Bu natija 21 asr so‘nggi qadar takrorlanmasligi ham mumkin. Bu faqatgina taxmin xolos. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.
soccer.ru
Fikrlar