
Voznyatski – Kvitova qarama-qarshiligida daniyalik tennis malikasi ustun keldi
Singapurda tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida yilning yakuniy musobaqasi bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor. Biroz avval bu kun doirasidan o‘rin olgan birinchi uchrashuv o‘z yakuniga etdi.
"Oq guruh"dan o‘rin olgan Karolin Vozyantsi va Petra Kvitova bahs yakunda daniyalik tennis ustasining g‘alabasi bilan yakunlandi. 3 set davom etgan uchrashuv 7:5, 3:6 va 6:2 hisoblarida ustun keldi. Shu tariqa Voznyatski musobaqadagi birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, birinchi tur doirasida har ikki teninschi ham mag‘lub bo‘lgan edi.
Ana endi kortga ukrainalik Elina Svitolina va chexiyalik Katerina Plishkova chiqib kelishadi.
Fikrlar