
"Vest Xem" hujumchisini "Chelsi"ga o‘tib ketishidan qo‘rqmoqda
“Vest Xem Yunayted” klubi hujumchisi Endi Keroll yaqin vaqtlar ichida “Chelsi” a’zosiga aylanishi mumkin.
“Aristokratlar” Alvaro Morataning o‘yinlari o‘xshamagan paytlarda unga dam olish imkonini berish uchun unga munosib o‘rinbosar izlashmoqda.
“Chelsi” ustozi Antonio Konte Mishi Batshuayiga ishonmayapti. The Telegraph xabariga ko‘ra, “nafaqaxo‘rlar” belgiyalik futbolchini mavsum so‘nggiga qadar Kerollga almashishmoqchi.
“Bolg‘achilar” esa Batshuayiga qizish bildirishgani yo‘q. Biroq ular hozirgi vaziyatda Kerollni o‘z saflarida saqlab qolishi qiyin ekanligi aytilmoqda.
Klubdagilar uning o‘zi xohishi bilan jamoani tark etishni istab qolishi mumkinligidan xavfsirashmoqda.
Fikrlar